Qum va chang bo‘ronlari O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biriga aylanib, odamlarning salomatligi, qishloq xo‘jaligi va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sir qilmoqda. Ushbu muammo ICARDAning FAO ko‘magida tayyorlangan yangi tahliliy hisobotida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda atmosfera modellashtirish yordamida oqibatlar ko‘lami va ularni yumshatishning mumkin bo‘lgan yo‘llari baholangan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, maqsadli ko‘kalamzorlashtirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash changning ifloslanish darajasini keskin kamaytirishi mumkin. Agar cháng hosil bo‘ladigan asosiy hududlarda choralar ko‘rilsa, ayrim davrlarda havodagi chang konsentratsiyasi 80 % gacha kamayishi mumkin. Aks holda, zarar juda katta bo‘lib qoladi: faqat Qoraqalpog‘iston har yili 44 million dollardan ortiq zarar ko‘radi, samarali choralar ko‘rilmasa, potentsial yo‘qotishlar yiliga 840 million dollarga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, ekspertlar muammoning transchegaraviy xususiyatini ta’kidlamoqda. O‘zbekiston atmosferasida qayd etilgan changning 70 % gacha bo‘lgan qismi mamlakat tashqarisida hosil bo‘ladi, bu esa mintaqaviy muvofiqlashtirishsiz milliy choralarni yetarli emasligini ko‘rsatadi. Hisobot mualliflari ilmiy yondashuv, ko‘kalamzorlashtirish va xalqaro hamkorlik Markaziy Osiyoda barqaror landshaftlarni shakllantirishning kaliti ekanligini ta’kidlab, qo‘shma monitoring tizimlari, erta ogohlantirish va kelishilgan ekologik siyosatni rivojlantirishga chaqirmoqda.