Google Gemini sun’iy intellekt platformasi rasman o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatladi. Ishga tushirish haqida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Sun’iy intellekt davrida yetakchilik» panel munozarasida ma’lum qildi. Google Cloud vakili Marina Junichning tasdiqlashicha, yangi til opsiyasi allaqachon foydalanuvchilar uchun mavjud.
O‘zbek tilining qo‘shilishi mamlakatning raqamli ekotizimi uchun muhim qadam bo‘ldi. Endi mutaxassislar, tadbirkorlar va oddiy foydalanuvchilar Gemini mahsulotlari bilan til to‘sig‘isiz to‘liq ishlashlari mumkin, bu esa mashinani o‘rganish, avtomatlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi mahalliy loyihalar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Tadbirda O‘zbekistonda raqamli transformatsiya drayverlari va xalqaro hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Mutaxassislar dunyodagi eng ilg‘or sun’iy intellekt platformalaridan birida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlashni mamlakatning global raqamli infratuzilmaga o‘sib borayotgan integratsiyasining ramzi deb atashmoqda.