O'zbekiston "yashil" iqtisodiyotga o'tishni jadallashtirmoqda va 2055 yilga kelib uglerod neytralligiga erishishni rejalashtirmoqda. Hukumat chiqindilarni kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va tabiiy ekotizimlar hisobidan issiqxona gazlarining kompensatsiyasiga e'tibor qaratmoqda. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat ekologiyani yaxshilashi, balki barqaror iqtisodiy o'sishni ham saqlab qolishi kerak.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda "Uzoq muddatli istiqbolda kam uglerodli rivojlanishning mumkin bo'lgan yo'llari va ssenariylari" hisobotini taqdim etdi. Hujjatda iqtisodiyotni transformatsiya qilishning asosiy mexanizmlari, zarur investitsiyalar va ustuvor tarmoqlar, shuningdek, asosiy sektorlarning rivojlanishiga zarar yetkazmagan holda xususiy va xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish usullari tasvirlangan.
Hisob-kitoblarga ko'ra, hatto iqlim maqsadlariga erishilganda ham mamlakat iqtisodiyoti yiliga taxminan 5% ga o'sishi mumkin. 2060 yilga kelib qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 60% ga yetishi mumkin, importga qaramlik esa islohotlarsiz 70% dan ortiq bo'lish o'rniga 39% gacha kamayadi. "Yashil" modelga o'tish 1,8 milliongacha ish o'rinlarini yaratishi mumkin, havo sifatining yaxshilanishi esa 2030 yilga kelib ifloslanishdan o'limni 18% ga kamaytiradi.