UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Damas versiyalarini taqdim etdi

Narxlar e'lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Damas turkumini tadbirkorlar va oilalar uchun moʻljallangan yangi modellari bilan kengaytirdi. Assortimentga Damas Max va Damas Move kiritilgan boʻlib, ularning har biri turli ehtiyojlar uchun oʻz afzalliklarini taklif etadi.

Chevrolet Damas Move yetti yoʻlovchini qulay tarzda tashishga qodir boʻlib, kundalik sayohatlar va tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini birlashtiradi. Avtomobil 1,2 l (81 ot kuchi) va 1,5 l (103 ot kuchi) dvigatellari bilan jihozlangan. Damas Max yuk tashishga moʻljallangan — u 650 kg gacha yuk koʻtara oladi va 3 kub metrdan ortiq hajmli boʻlinmaga ega. Ikkala model ham konditsioner va zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan boʻlib, ishonchlilik va qulaylikni taʼminlaydi.

Damas Maxning boshlangʻich narxi 134 439 000 soʻmni, Damas Move narxi esa 139 675 000 soʻmni tashkil etadi. Sotuvlar boshlanish sanasi qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi. Yangi avtomobillar biznes va oilaviy sayohatlar uchun qulay yechimlarni yaratadi, funksionallik, sigʻim va xavfsizlikni birlashtiradi.