Markaziy bank Humans ilovasi orqali pul mablag‘larining ruxsatsiz yechib olinishi faktlari bo‘yicha tekshiruv yakunlanganini ma’lum qildi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqiy baho berish va amaldagi qonunchilik doirasida chora ko‘rish uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborildi.
Regulyator matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, tekshiruv Humans kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini ko‘rsatgan «Octogram» aksiyadorlik jamiyatining to‘lov tashkilotida o‘tkazilgan. Markaziy bankning farmoyishiga asosan u yerda ishchi guruh tuzilib, sodir bo‘lgan holatlar o‘rganilib, yakuniy ma’lumotnoma tayyorlandi.
Markaziy bank hozirda Humans faoliyati bilan bog‘liq vaziyat Toshkent shahar IIBB tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Mablag‘lari ruxsatsiz yechib olingan fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilish va keyingi tergov uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda