Qozogʻistonlik loukoster FlyArystan 2026-yilning bahor va kuzgi jadvalida Olma-Ota – Samarqand – Olma-Ota yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar qayta tiklanishini eʼlon qildi.
Parvozlar seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi: bahorda 21-martdan 30-maygacha, kuzda esa 1-sentabrdan 24-oktabrgacha.
Aviakompaniya prezidenti Richard Ledjerning taʼkidlashicha, xalqaro yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish FlyArystan uchun ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda. Reyslarning qayta tiklanishi yoʻlovchilarning Oʻzbekistonga sayohat qilishga boʻlgan barqaror qiziqishini aks ettiradi va kompaniyaning arzon parvozlar va barqaror operatsion faoliyat boʻyicha strategiyasiga mos keladi.
Chiptalarni mobil ilova, rasmiy veb-sayt va boshqa savdo kanallari orqali xarid qilish mumkin. FlyArystan toʻliq Air Astana guruhiga tegishli, Airbus A320 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi va Skytrax talqini boʻyicha uch marta Markaziy Osiyo va MDHning eng yaxshi byudjet aviakompaniyasi deb topilgan (2023–2025).
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda