Buxoro yangi xalqaro aeroportning ochilishiga tayyorlanmoqda

Bir yildan so'ng

2027-yilning birinchi choragida Buxoroda soatiga 2000 tagacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladigan yangi xalqaro aeroportni ishga tushirish rejalashtirilgan. Aeroport direktorining oʻrinbosari Shahboz Hayitovning taʼkidlashicha, havo bandargohini qurish va foydalanishga topshirish 2026–2027-yillarga moʻljallangan boʻlib, xodimlar soni allaqachon 550 kishini tashkil etadi.

Yangi havo bandargohi bir vaqtning oʻzida soatiga 16 tagacha samolyotni qabul qilib, haftasiga 100 dan ortiq reysni amalga oshirishi mumkin. Amaldagi aeroport bilan solishtirganda, yoʻlovchilar oʻtkazish qobiliyati soatiga 400 dan 1200 kishiga, samolyotlar uchun toʻxtash joylari soni esa 7 tadan 20 taga koʻpayadi, bu esa mintaqaning logistika imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi aeroport loyihasi 2024-yil may oyida taqdim etilgan boʻlib, uning qiymati 226 million dollarga baholangan. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda va Buxoro viloyatining transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aviatashuvlar hajmini oshirish va xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan.