O‘zbekistonda Humans mobil ilovasining 2000 dan ortiq foydalanuvchisi qariyb 7 milliard so‘mdan mahrum bo‘ldi. Hodisa 2025-yil dekabr oyining boshida, Humans kompaniyasi va Paylov to‘lov xizmati ommaviy ravishda bir-birini o‘g‘irlikda ayblagan paytda sodir bo‘lgan.
7-yanvar kuni Markaziy bank Humans’ga Paylov brendi orqali xizmat ko‘rsatgan «Octogram» AJ to‘lov tashkilotida tekshiruvni yakunladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, materiallar huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun Ichki ishlar vazirligiga yuborildi. Jabrlangan fuqarolarga huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, o‘ta yirik miqdorda o‘g‘irlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov departamenti dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda, Humans va Paylov tomonidan tergovning borishi haqida rasmiy izohlar hozircha yo‘q.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda