Chirchiqda (Toshkent viloyati) Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tashabbusi bilan yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichi yakunlandi. Loyihaning qiymati 88 million dollarni tashkil etadi, 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Birinchi bosqichda yiliga 3 000 tonna yashil vodorod ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan va u 2025-yilda amalga oshirilgan.
Pilot ob’ekt qurilishi 2023-yil noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan edi. Loyiha ikki bosqichga mo‘ljallangan: birinchisi – vodorod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ikkinchisi – uning asosida yiliga 500 ming tonnagacha ammiak ishlab chiqarishni tashkil etish.
Ikkinchi bosqichda, shuningdek, o‘rnatilgan quvvati 2,4 GVt gacha bo‘lgan shamol parkini qurish rejalashtirilgan. Bu O‘zbekistonda barqaror energetika va "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish, mamlakatni zamonaviy ekologik texnologiyalar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda