Metan zapravkalari ishiga cheklovlar kiritildi

Barchasi qattiq sovuq tufayli

Havo keskin sovib ketishi sababli metan zapravkalari ishi vaqtincha cheklandi. Energetika vazirligi xabar berishicha, energiya tizimi 24 soat davomida kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda va hududlardagi barcha nosozliklar imkon qadar tezroq bartaraf etilmoqda.

Tabiiy gazga bo'lgan talab keskin oshdi, quvurlardagi bosim pasaydi, shuning uchun avtomobil gaz to'ldirish kompressor stansiyalari ishiga vaqtincha cheklovlar kiritildi. Ushbu choralar sovuq kunlarda aholini gaz bilan barqaror ta'minlashga qaratilgan.

Idorada ta'kidlanishicha, vaziyat barqarorlashgani sari cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi, zapravkalar ishi haqida qo'shimcha ma'lumot hududlardagi energiya tizimining holatiga qarab taqdim etiladi.