Microsoft kompaniyasi turli mamlakatlarda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish darajasini baholovchi Global AI Adoption in 2025 hisobotini e’lon qildi. Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi bo‘ldi, u yerda mehnatga layoqatli aholining 64 foizi sun’iy intellektdan faol foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda Singapur (60,9%), uchinchi o‘rinda Norvegiya (46,4%). O‘nlikka Irlandiya, Fransiya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Qatar kirdi.
O‘zbekiston eng past natijalardan birini ko‘rsatdi: mamlakat aholisining atigi 6,3 foizi sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan, bu esa uni Kuba, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston va Kambodja bilan birga reytingning oxirgi o‘rinlariga qo‘yadi. 2025-yilda mamlakatda sun’iy intellekt foydalanuvchilarining o‘sishi atigi 0,6 foizni tashkil etdi.
Eng katta o‘sishni Janubiy Koreya namoyish etdi: sun’iy intellekt foydalanuvchilarining ulushi 30,7 foizga yetdi, bir yil ichida o‘sish 80 foizni tashkil etdi, mamlakat 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarildi. Umuman olganda, Microsoft bahosiga ko‘ra, dunyoda har oltinchi odam generativ sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanadi va aholisi kamroq bo‘lgan mamlakatlar ko‘pincha yuqori darajadagi raqamlashtirishni ko‘rsatadi.