Redmi Note 15 O'zbekistonda debyut qildi

5 ta model, 200 MP va 6500 mA·soatgacha batareyalar

O‘zbekistonda Redmi Note 15 smartfonlarining yangi seriyasi taqdim etildi, unga beshta model kiradi: Redmi Note 15 Pro+ 5G, Redmi Note 15 Pro 5G, Redmi Note 15 Pro va Redmi Note 15.

Ishlab chiqishda asosiy e’tibor korpusning mustahkamligi, namlik va changdan himoyalanishi, shuningdek, avtonomligiga qaratildi. Yuqori versiyalar kuchaytirilgan korpus va SGS Premium Performance sertifikatini, shuningdek, IP66–IP69 himoya klasslarini oldi.

Redmi Note 15 Pro+ 5G 100 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 6500 mA·soat akkumulyator bilan jihozlangan, Note 15 kichik modeli esa teskari zaryadlash bilan 6000 mA·soat batareyaga ega bo‘ldi. Yuqori modellarning kameralari 2× va 4× optik zumga ega 200 MPga yetadi, kichik versiyalari esa kundalik suratga olish uchun 108 MP.

Smartfonlar Snapdragon 7s Gen 4 (Pro+ 5G) bazasida ishlaydi, 120 Gts gacha yangilanish tezligiga ega AMOLED-ekranlar va fazoviy ovozga ega stereo dinamiklar bilan jihozlangan.