"O'zbekneftgaz" Gazli konlarida mustaqil qazib olishni boshlaydi

Kompaniya uglevodorod qazib olishni tezlashtirish uchun o'z resurslaridan foydalanadi

«O‘zbekneftgaz» AJ mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlash va iqtisodiyotni barqaror ta’minlashga qaratilgan, prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar doirasida Gazli konlarida uglevodorodlarni mustaqil qazib olishga kirishmoqda. Avvalroq 21 ta konlardagi loyihalarni sheriklar ishtirokida amalga oshirish rejalashtirilgan edi, endilikda ishlar jamiyatning o‘z kuchlari bilan, o‘z resurslari va moliyasi hisobidan amalga oshiriladi.

Qazib olishni tezlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha burg‘ulash qurilmalarini jalb qilish, yer usti kompressor stansiyalarini o‘rnatish va zarur uskunalarni sotib olish rejalashtirilgan.

Loyiha amalga oshirilishi uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish va O‘zbekistonning energetika sohasidagi o‘rnini mustahkamlash, aholi va sanoatni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi, deb kutilmoqda.