Uzbekistan Airways bort kuzatuvchilari uchun yangilangan formani taqdim etdi

Milliy o'zlik elementlari bilan zamonaviy uslub

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zbek brendi Molto Caldo tomonidan ishlab chiqilgan bort kuzatuvchilari uchun yangi xizmat formasini joriy etishni yakunladi. Dizayn zamonaviy uslubni milliy o‘zlik elementlari bilan uyg‘unlashtirib, to‘q ko‘k va bordo ranglardan “changli atirgul”ning yumshoq urg‘usi bilan foydalanadi.

Katta bort kuzatuvchilarining bordo rangli kostyumlari yo‘lovchilarga bortdagi brigadirni osongina aniqlash imkonini beradi. Formaning dekorativ elementlarida an’anaviy o‘zbek “islimi” naqshidan foydalanilgan bo‘lib, u mamlakatning madaniy merosini ta’kidlaydi va zamonaviy uslubga uyg‘un tarzda integratsiya qilingan.

Formani yangilash aviakompaniyaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va Uzbekistan Airwaysning xalqaro maydonda yagona korporativ imidjini yaratishga qaratilgan modernizatsiya dasturiga kiradi.