Navbatlarsiz va idoralarga borib yurmasdan avtoturargoh: Toshkentda Poytaxt Parking ruxsatnomalari onlayn rasmiylashtirildi

Endi rezident avtoturargoh ruxsatnomalarini MyGov.uz portali orqali olish mumkin

Toshkentda MyGov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Poytaxt Parking rezident avtoturargoh ruxsatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushirildi. Yangi servis poytaxt aholisiga arizani masofadan turib, idoralarga bormasdan va qog‘oz hujjatlarsiz topshirish imkonini beradi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati bir ish kunini tashkil etadi. Agar uy-joy egasining roziligini tasdiqlash talab etilsa, jarayon yetti kungacha davom etishi mumkin. Ruxsatnoma bir yil muddatga rasmiylashtiriladi va muayyan yashash manziliga biriktiriladi.

Rezident ruxsatnomasi 20:00 dan 8:00 gacha bepul avtoturargohdan foydalanish huquqini beradi. Avtoturargohlardan sutka davomida foydalanish imkoniyati uchun bitta bazaviy hisoblash miqdori — 412 ming so‘m to‘lash zarur, bu oyiga 35 ming so‘mdan kamni tashkil etadi. Bitta manzil uchun turli avtomobillarga ko‘pi bilan ikkita ruxsatnoma rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.