O'zbekistonda Technovation Girlsning yubiley mavsumi boshlandi

O'quvchilarga IT-loyihalar, startaplar va sun'iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish taklif etildi

O‘zbekistonda Technovation Girls xalqaro ta’lim dasturining o‘ninchi mavsumi uchun ishtirokchilarni qabul qilish boshlandi. Loyiha maktab o‘quvchilarida texnologik, tadbirkorlik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etishga taklif etiladi, bunda tayyorgarlik darajasi va tajribasi ahamiyatga ega emas. Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 20-fevralgacha davom etadi.

Dastur Tech4Impact NNT tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. O‘qish davomida ishtirokchilar ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan mobil ilovalar, AI-loyihalar va startap-g‘oyalar ustida ishlashadi — ekologiya va iqlim o‘zgarishidan tortib, bullingga qarshi kurashish va nogironligi bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashgacha.

O‘qish uch oyga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturlash, sun’iy intellekt, tadbirkorlik va dizayn-tafakkur asoslarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilarga IT, biznes, dizayn va ta’lim sohalaridagi mentorlar va ekspertlar hamrohlik qilishadi. Yubiley mavsumida AI-texnologiyalari va biznes-modellarni qurishga alohida e’tibor qaratiladi, samaraliroq ishtirok etish uchun esa ingliz tilini bilish tavsiya etiladi.