Buxorolik 20 yoshli tadbirkor Bahodir Rajabov San-Frantsiskodagi Surgent startapi uchun $500 000 investitsiya jalb qildi. Kelishuv Y Combinatorning standart SAFE modeli bo'yicha tuzilgan bo'lib, Whop platformasi o'zining bosh direktori Stiven Shvarts orqali moliyalashtirdi. Dastlab, investorlar acqui-hire formatini ko'rib chiqdilar, ammo jamoa loyihani mustaqil ravishda rivojlantirishga qaror qildi.

Surgent texnik ko'nikmalarga ega bo'lmagan ijodkorlar va tadbirkorlarga raqamli mahsulotlar yaratishga imkon beradi: foydalanuvchi g'oyani tasvirlaydi va tizim avtomatik ravishda xosting, to'lovlar, soliqlar va yuridik infratuzilmani o'z zimmasiga olgan holda xizmatni ishga tushiradi. Startap obuna asosida tranzaktsiyalardan komissiya bilan ishlaydi va o'zining to'lov tizimini ishlab chiqmoqda.

Bahodir 14 yoshida dasturlashni boshlagan, LeverX va IBMdagi GenAI jamoasida ishlagan, shundan so'ng o'z loyihasiga e'tibor qaratgan. Hozirda jamoada uch kishi bor va jalb qilingan mablag'lar mahsulotni rivojlantirish va keyingi bosqichga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltiriladi. Surgentning maqsadi - 100 ming foydalanuvchiga oyiga kamida $1000 ishlashga yordam berish.

Manbalar
uzdaily.uz

Hozir bosh sahifada