Xitoydan Tojikistonga yangi multimodal marshrut boʻylab birinchi blok-poyezdni Oʻzbekiston-Xitoy kompaniyasi UTK International Logistics joʻnatdi. Sakkizta 40 futlik konteynerdan iborat tarkib, xalq isteʼmoli mollari va qurilish texnikasi bilan Lanchjoudan chiqib, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orqali Dushanbe-2 stantsiyasiga yoʻl oladi. Marshrut uzunligi 3,5 ming kilometrdan ortiq, yoʻl vaqti 18-20 kun deb baholanmoqda.
Koridor uch mamlakatning mintaqaviy hamkorligi doirasida test rejimida ishga tushirilgan. Oʻzbekiston temir yoʻllari koʻmagida marshrutda maxsus tarif imtiyozlari qoʻllaniladi, bu esa yuk joʻnatuvchilar uchun uning raqobatbardoshligini oshiradi. 2025-yil iyul oyida tashkil etilgan UTK International Logistics Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yuklarni konsolidatsiya qilish va temir yoʻl va multimodal tashuvlarni rivojlantirishga ixtisoslashgan.
Birinchi blokni joʻnatish Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida barqaror logistika marshrutini shakllantirishga qaratilgan amaliy qadam boʻldi. Lanchjouda UTK yigʻish punkti allaqachon ishlamoqda, kompaniya Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlari orqali Tojikiston va Turkmanistonga yuk tranzitini rivojlantirishda davom etmoqda.