Yandex Uzbekistan taksi sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirdi. O‘z avtomobillarini servisga ulaydigan hamkorlar har bir transport vositasi uchun yiliga QQS bilan 35 million so‘mgacha bonus olishlari mumkin. Dastur yangi ishtirokchilarni jalb qilish va amaldagi hamkorlarning avtoparklarini yangilashga qaratilgan.
Qo‘llab-quvvatlash 10–100 ta avtomobilga ega taksoparklarga taqdim etiladi. Ishtirokchilar lizing va avtomobil xarid qilishda imtiyozlarga, shuningdek, buyurtmalar, moliya va avtoparkni boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslariga ega bo‘ladilar. Yangilangan versiyada ruxsat etilgan modellar ro‘yxati «Komfort», «Komfort+» va «Elektro» tariflari uchun 6 tadan 154 tagacha kengaytirildi. Avtomobillar shartnomada belgilangan individual reja bo‘yicha liniyaga chiqariladi.
Servis ma’lumotlariga ko‘ra, 10 ta mashinadan o‘rtacha kunlik tushum taxminan 250 ming so‘mni tashkil etadi, 10 ta va undan ortiq avtomobilni ijaraga berishda hamkorning daromadi kuniga 3 million so‘mga yetishi mumkin. Dastur Toshkentdagi yangi va amaldagi hamkorlar uchun ochiq, bunda tashabbus doirasidagi avtomobillar soni cheklangan.