O'zbekistonlik olimlar NASA e'tirofiga sazovor bo'lishdi

Asteroidni og'dirish bo'yicha tarixiy tajribada ishtirok etgani uchun

NASA O'zbekiston Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti mutaxassislarining asteroid orbitasini maqsadli o'zgartirish bo'yicha birinchi missiyaga qo'shgan hissasini ta'kidladi. Fan nomzodlari Otabek Burxonov va Kamoliddin Ergashev "Asteroid yo'nalishini ikki marta o'zgartirish sinovi" (DART) loyihasida ishtirok etgani uchun "Guruh yutuqlari uchun mukofot"ga sazovor bo'lishdi.

2022-yil 26-sentabrda o'tkazilgan tajriba Didimos kichik asteroid sistemasining yo'ldoshi – Dimorfosga zarba berishdan iborat bo'lib, bu Dimorfosning orbital davrini o'zgartirishga imkon berdi. O'zbekistonlik astronomlarning ishi Maydanak rasadxonasi teleskoplari yordamida kuzatishlar va o'zgarishlarni aniq hisoblashni o'z ichiga olgan bo'lib, bu missiyaning muvaffaqiyatli ekanligini tasdiqladi.

NASA Astronomiya institutining xalqaro guruhda ishtirok etishining ahamiyatini ta'kidlab, tajriba natijalari sayyorani potentsial tahdidlardan himoya qilish usullarining samaradorligini tasdiqladi va kosmik sohada xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamladi.