Wolt Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi. 2026-yil 5-martdan boshlab foydalanuvchilar ilova orqali buyurtma bera olmaydilar, xizmatning oxirgi ish kuni 4-mart boʻladi. Shu sanagacha mijozlar restoranlar, doʻkonlar va platformaning boshqa hamkorlaridan yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Kompaniya bu qaror bozor sharoitlarini tahlil qilgandan soʻng qabul qilinganini tushuntirdi. Mijozlar, hamkorlar va kurerlar uchun xizmat sifatiga eʼtibor qaratilganiga qaramay, mahalliy bozorda keyingi ishlar maqsadga muvofiq emas deb topildi.
Sovgʻa kartalari, bonuslari yoki faol Wolt+ obunasi bor foydalanuvchilarga ulardan 4-martgacha foydalanish tavsiya etiladi. Sarflanmagan mablagʻlar avtomatik ravishda koʻrsatilgan toʻlov usuliga qaytariladi. Toʻlov maʼlumotlari qoʻshilmaganlar 2026-yil 4-mart kuni soat 20:00 gacha oʻz hisoblariga kiritishlari kerak.