Videooʻyinlar va animatsion kontentga ixtisoslashgan Yaponiya kompaniyasi ELF-IN Oʻzbekistonda oʻz ofisini ochishini eʼlon qildi. Bu qaror mamlakat Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng qabul qilindi, unda direktorlar kengashi raisi Motoi Matsuo va ijrochi direktor Takashi Kinoshita ishtirok etdi.
Loyiha doirasida xalqaro bozor uchun animatsiya ishlab chiqarish boʻyicha autsorsing xizmatlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, yetakchi yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda yosh oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash rejalashtirilgan. Animatsiya va raqamli kontent sohasida global sanoat standartlarini hisobga olgan holda zamonaviy taʼlim ekotizimini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
ELF-IN animatsiya, kompyuter grafikasi, videooʻyinlar ishlab chiqish, reklama roliklari va yirik tadbirlar uchun maxsus vizual loyihalar sohalarida faoliyat yuritadi. Yangi ofis Oʻzbekistonda xalqaro hamkorlik va kreativ texnologiyalarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Hozir bosh sahifada
Qo'llab-quvvatlash formati va hajmi individual tarzda aniqlanadi
Bir yilgacha bo'lgan qisqa muddatli depozitlar 17,5 gacha o'sdi
Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Quvayt va Isroilga samolyotlar hozircha uchmaydi
Mamlakat 7,257 milliard kVt·soat ishlab chiqardi
O'tkazmalar faqat to'lov maqsadi ko'rsatilganda amalga oshiriladi
Gap quvvati 20 kVt dan yuqori bo'lgan zapravkalar haqida bormoqda
Deyarli 4 barobar o'sish
Diqqat markazida yuqori texnologiyali shisha mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari turibdi
Investitsiyalar besh barobar o'sdi
Airbus A320 oilasiga mansub samolyotlar liniyada ishlaydi.