Oʻzbekiston va Shvetsiya fan va ta'lim sohasida sa'y-harakatlarni birlashtirmoqda

Tomonlar sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida qoʻshma tadqiqot loyihalarini yaratishni muhokama qildilar

Shvetsiya xalqaro ilmiy va oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik fondi (STINT) ijrochi direktori Andreas Gyotenbergning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Asosiy mavzu ilmiy va taʼlimiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma dasturlarni ishga tushirish va mamlakat universitetlarining institutsional salohiyatini oshirish boʻldi.

Tomonlar sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida qoʻshma tadqiqot loyihalarini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston universitetlari va ilmiy institutlarini Yevropa tadqiqot va innovatsiya ekotizimlariga integratsiya qilish masalalarini muhokama qildilar. Akademik mobillik, iqtidorli kadrlarni tayyorlash va Shvetsiya tajribasi asosida «universitet – sanoat» hamkorlik modellarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston universitetlarining global taʼlim va ilmiy makonda faol ishtirok etishiga imkon beradigan istiqbolli loyihalarni ilgari surish boʻyicha kelishuvga erishildi. Har ikki tomon ilmiy sohada ilgʻor raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va innovatsion-investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish niyatida.