O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistonning Sharq Tubes kompaniyasi Milanda bo‘lib o‘tgan Mostra Convegno Expocomfort 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etganidan so‘ng sezilarli natijaga erishdi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, korxona umumiy qiymati qariyb 5 million dollarga teng bo‘lgan eksport shartnomalarini imzoladi va o‘z mahsulotlariga chet elda qiziqish borligini tasdiqladi.
Ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mis mahsulotlari, jumladan, quvurlar va fitinglar qatorini taqdim etdi. Ishbilarmonlik uchrashuvlari davomida kompaniya vakillari xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borib, mahsulotlarning xususiyatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va sifat standartlarini batafsil bayon etdilar.
Erisilgan kelishuvlar Yevropa va boshqa mintaqalardagi kompaniyalar bilan hamkorlikni qamrab oladi. Yangi shartnomalar eksport geografiyasini kengaytirish va Sharq Tubesning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash, kelgusida o‘sish uchun zamin yaratish imkoniyatini ochib beradi.