Britaniyaning Efekta kompaniyasi vakillarining O'zbekistonga tashrifi doirasida Professional ta'lim agentligida ingliz tilini o'rganish uchun onlayn platformani joriy etishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish, o'qitish samaradorligini oshirish va xalqaro tajribani milliy ta'lim tizimiga moslashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar platforma yordamida kasb-hunar kollejlari talabalarining ko'nikmalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Efekta — bu sun'iy intellektga asoslangan zamonaviy ta'lim platformasi bo'lib, u o'quvchilarning natijalarini tahlil qiladi va o'qituvchilarga darslarni rejalashtirish va o'qitish usullarini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beradi.