O'zbekiston va Yaponiya mikroelektronika va yarimo'tkazgich sanoati sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Tokio raqamlashtirish va "yashil" texnologiyalar bilan yordam beradi

16-aprel kuni XVF va Jahon bankining bahorgi uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yaponiya moliya vaziri Satski Katayama bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatning barqaror o‘sishini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Davlat moliyasini boshqarishda Yaponiya tajribasini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi: byudjet jarayonlarini raqamlashtirish, xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish, to‘lov tizimlarini avtomatlashtirish, g‘aznachilikni takomillashtirish va likvidlikni prognozlash. Shuningdek, yuqori texnologiyali sohalarda – mikroelektronika, yarimo‘tkazgich sanoati va innovatsion ishlanmalarda qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va savdo, investitsiya, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.