Toshkentda Huawei kompaniyasining kelajak texnologiyalari namoyish etildi

Kompaniya raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik va aqlli infratuzilma uchun yechimlarni taqdim etdi

Toshkentda 100 dan ortiq biznes va AKT hamjamiyati vakillarini toʻplagan Huawei Partner Summit 2026 boʻlib oʻtdi. Yillik sammitda kompaniya tarmoqlarning raqamli va intellektual transformatsiyasini tezlashtirishga hamda iqtisodiyot va davlat tizimlariga yangi avlod texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan Advancing Industrial All Intelligence strategiyasini taqdim etdi.

Ishtirokchilar biznes samaradorligini oshirish va raqamli infratuzilmani rivojlantirishda intellektual yechimlarning rolini muhokama qildilar. Huawei vakillari hamkorlik ekotizimi keng koʻlamli oʻzgarishlarning asosiy elementiga aylanayotganini taʼkidladilar. Sammit doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan loyihalar — davlat tizimlarini raqamlashtirishdan tortib bank sektori, chakana savdo va madaniy obʼektlar uchun yechimlargacha namoyish etildi.

Texnologik bazaga alohida eʼtibor qaratildi: intellektual tarmoqlar, kiberxavfsizlik yechimlari, maʼlumotlarni saqlash tizimlari va korporativ kommunikatsiya va tahlil platformalari taqdim etildi. Kompaniya mutaxassislarni oʻqitish va mahalliy raqamli loyihalarni rivojlantirishga investitsiyalarni davom ettirishini, shuningdek, Olma-Ota shahrida boʻlib oʻtadigan GITEX Central Asia and Caucasus 2026 xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishini tasdiqladi.