Kriptovalyuta oflaynga chiqmoqda: O'zbekistonda Asterium orqali kafe va aviachiptalar uchun to'lov ishga tushirildi

Loyiha kriptoto'lovlarni real iqtisodiyot va riteyl bilan bog'laydi

Asterium fintex-kompaniyasi O'zbekistonda kundalik hisob-kitoblarga kriptovalyuta to'lovlarini joriy etishni boshladi. Endi raqamli aktivlar bilan mahalliy hamkorlar tarmog'i orqali kafelar, aviachiptalar va tovarlar uchun to'lov qilish mumkin.

Loyiha infratuzilmasi Rahmat to'lov tizimi bilan integratsiya asosida qurilgan bo'lib, bu biznesga odatiy ssenariylarda kriptoto'lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, Octobank hamkorlik tarmog'i orqali turistik xizmatlar uchun to'lov ham yo'lga qo'yilgan, jumladan Centrum Air va Qanot Sharq aviakompaniyalari.

Kompaniyada ta'kidlashlaricha, keyingi qadam — ommaviy riteyl va e-commerce'ga kengayish. Loyiha kriptovalyutani investitsiya vositasidan real iqtisodiyotda to'laqonli hisob-kitob vositasiga aylantirishga urinish sifatida ko'rilmoqda.