2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 15 124 nafar xorijiy fuqaro keldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xorijlik talabalar soni 8,5 ming kishiga, ya’ni 2,3 barobarga oshdi, deb xabar berdi Statistika qo‘mitasi.
Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan – 7 174 kishi. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (2 835 kishi), uchinchi o‘rinda Tojikiston (1 170 kishi) turadi. Shuningdek, Xitoy (641), Qirg‘iziston (483), Pokiston (438), Misr (353), Janubiy Koreya (342), Filippin (286) va AQSH (191) dan ham ko‘plab talabalar kelgan.
Xorijlik talabalar sonining o‘sishi O‘zbekiston oliy ta’limining mintaqaviy va xalqaro miqyosda jozibadorligining oshganligini aks ettiradi.
