O'zbekiston energetika sektorini faol ravishda o'zgartirmoqda, bu esa iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylanmoqda. Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Xodjayevning so'zlariga ko'ra, so'nggi yillarda sohaga qariyb 35 milliard dollar to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilingan. Bu mablag'lar generatsiyani sezilarli darajada kengaytirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish imkonini berdi.
Mamlakatda qariyb 9 GVt yangi quvvatlar ishga tushirildi, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa taxminan 40% ga — 60 milliard kVt⋅soatdan 85 milliard kVt⋅soatgacha o'sdi. Umumiy o'rnatilgan generatsiya quvvati 26 GVtga yaqinlashdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda: quyosh va shamol elektr stansiyalari allaqachon 5,5 GVt dan oshdi, gidroenergetika bilan birgalikda "toza" energetikaning ulushi esa qariyb 30% ga yetdi.
Hukumat energetikani mamlakatning raqobatdosh ustunligiga aylanishi kerak bo'lgan strategik soha deb ataydi. Allaqaon 69 ming km dan ortiq elektr tarmoqlari va 14 mingta podstansiya modernizatsiya qilindi, bu esa tizim barqarorligini va yangi ob'ektlarni ulashni ta'minlaydi. Shuningdek, mahalliylashtirish ham o'sib bormoqda: energetika sektori uchun ishlab chiqarish va xizmatlar hajmi 700 million dollardan oshdi va 1,3 milliard dollargacha o'sishi mumkin.