Toshkentda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Finlandiyaning HAUS Davlat boshqaruvi instituti va Estoniyaning ESTDEV Xalqaro rivojlanish markazi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi raqamli hukumatni rivojlantirish va zamonaviy GovTech-yechimlarini joriy etish bo‘ldi.
Tomonlar keng ko‘lamli yo‘nalishlarni, jumladan, davlat tizimlari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashish, fuqarolarning raqamli identifikatsiyasini rivojlantirish va elektron davlat xizmatlarining yagona ekotizimini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar. Davlat sektorini raqamli transformatsiyasini tezlashtirish va aholining onlayn xizmatlarga kirishini soddalashtirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
HAUS va ESTDEV vakillari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining elektron hukumatni qurish, davlat ma’lumotlarini boshqarish va innovatsion raqamli platformalarni rivojlantirish tajribasini taqdim etdilar. Shuningdek, davlat xizmatlariga sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari, aholining raqamli savodxonligini oshirish va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
