Перейти к содержанию

Namangan viloyatida umumiy quvvati 18 MVt bo'lgan ikkita kichik GES ishga tushirildi

Katta Andijon kanalidagi yangi stansiyalar har yili 132,1 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 53 mingga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Namangan viloyatida tegishlicha 12 va 6 MVt quvvatga ega bo‘lgan “Kugay-1” va “Kugay-2” kichik GESlari ishga tushirildi.

Stansiyalar Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida joylashgan bo‘lib, Katta Andijon kanalida qurilgan. Mavjud suv oqimidan foydalanish kanalning asosiy suv xo‘jaligi maqsadini saqlab qolish va qo‘shimcha elektr energiyasi olish imkonini beradi.

Qiymati 54,7 million dollarga teng bo‘lgan loyiha uchta kichik GES kaskadini qurishni nazarda tutadi. “Beshqo‘rg‘on” stansiyasi yakunlangach, ob’ektlarning umumiy quvvati 23 MVtga, yillik ishlab chiqarish esa 172,5 million kVt·soatga yetadi. Allaqaon ishga tushirilgan “Kugay-1” va “Kugay-2” yiliga taxminan 132,1 million kVt·soat ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi quvvatlar Namangan viloyatidagi o‘nta faoliyat ko‘rsatayotgan GESlarning o‘rnatilgan quvvatini taxminan 18%ga – 100,5 MVtdan 118,5 MVtga oshirdi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi o‘rtacha 53 ming xonadon uchun yetarli bo‘lishi kerak. Kaskad to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng, hokimiyat har yili 40 million kub metr tabiiy gaz yoki 33 ming tonna ko‘mirni tejashni kutmoqda.