Toshkent viloyati Zangiota tumanida 4-sentabr kuni quvvati 175 MVt va sig'imi 350 MVt•soat bo'lgan energiya saqlash tizimi elektr tarmog'iga ulandi. Qiymati 85 million dollarlik loyiha xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirildi. Hozirda ob'ekt energiya tizimi tarkibida ishlamoqda, uni to'liq quvvatga sentabr oyi oxirigacha chiqarish rejalashtirilgan.
Akumulyator, avvalambor, maksimal iste'mol davrlarida elektr ta'minotining barqarorligini oshirishga mo'ljallangan. Tizim elektr energiyasini to'plab, so'ngra eng yuqori yuklamalar paytida tarmoqqa qaytarishi, boshqa generatsiya manbalariga yuklamani kamaytirishi va talabning sutkalik o'zgarishlarini tekislashga yordam berishi mumkin.
Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, to'plangan energiya kuniga ikki marta, har safar ikki soat davomida ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, ob'ekt bir siklda 350 MVt•soatgacha to'plangan energiya bilan ta'minlashga qodir va O'zbekiston elektr tarmog'ini barqarorlashtirish uchun qo'shimcha vosita bo'ladi.