Qozog'istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota va Urganch o'rtasida muntazam reyslarni yo'lga qo'ydi. Parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi, parvoz davomiyligi taxminan 2 soat 35 daqiqani tashkil etadi. Yangi marshrut Xorazmni Qozog'istonlik sayyohlar uchun yanada qulayroq qilish va o'zaro turistik oqimni oshirishga qaratilgan.
Mintaqaga birinchi reys bilan Qozog'istonning 10 ta turistik kompaniyasi vakillari yetib kelishdi. Ular uchun mahalliy turoperatorlar ishtirokida B2B-uchrashuvlar va workshop bilan uch kunlik informatsion tur tashkil etildi. Mehmonlar Xorazmning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari hamda mintaqaning turistik imkoniyatlarini baholashlari mumkin bo'ladi.
Tashkilotchilar yangi marshrut Xorazmni Qozog'iston turistik bozorida faolroq targ'ib qilishga yordam berishiga umid qilmoqdalar. To'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov ikki mamlakat turistik kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlikni soddalashtirishi va mintaqada xalqaro turizmning o'sishi uchun yangi sharoitlar yaratishi kerak.