4-sentabrdan 24-sentabrgacha Xitoyning Wuhan, Changsha va Yichang shaharlarida 5G va sanoat interneti (IIoT) texnologiyalari bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda uning tarkibidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘quv doirasida zamonaviy tarmoq texnologiyalari, sanoat interneti va raqamli yechimlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni olmoqdalar. Ularning real ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishiga, shuningdek, Xitoyning sanoatni raqamlashtirish va texnologik modernizatsiya qilish tajribasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Dastur ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashish va zamonaviy texnologik ob’ektlarga tashriflarni o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar Xitoyda allaqachon qo‘llanilayotgan yechimlar bilan bevosita tanishish va ularni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. O‘qish 24-sentabrgacha davom etadi.