O'zbekiston 9-10 sentabr kunlari Parijda bo'lib o'tadigan Xalqaro kosmik sammitda ishtirok etadi. Fransiya va Germaniya hamraisi bo'lgan tadbir davlatlar, xalqaro tashkilotlar, olimlar va xususiy sektor vakillarini birlashtiradi. Ishtirokchilar kosmik iqtisodiyotni rivojlantirish, xavfsizlik, ekologiya, tartibga solish va kosmik faoliyatni global boshqarish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Asosiy mavzulardan biri kosmik xavfsizlik va barqaror kosmik muhitni saqlash, shu jumladan kosmik fazoga erkin kirish bo'ladi. Alohida muhokamalar kosmik xizmatlarning raqobatbardoshligi, sohaning yangi iqtisodiy imkoniyatlari va uning uzoq muddatli rivojlanishiga bag'ishlanadi. Tashkilotchilar 1967 yilgi Kosmos shartnomasini muhim huquqiy asos sifatida ko'rib chiqadilar.
Yana bir yo'nalish – kosmik fazoni mas'uliyatli xalqaro boshqarish va kosmosning ilmiy tadqiqotlar, Koinotni o'rganish va texnologik rivojlanishdagi roli. Sammit Parijdagi Grand Palaisda Butunjahon radiokommunikatsiya konferensiyasi va UNISPACE IV arafasida bo'lib o'tadi. Unda 2 mingdan ortiq kishi va 100 ta xorijiy delegatsiya, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, parlamentariylar, olimlar, harbiylar, kosmonavtlar, kompaniyalar va taraqqiyot banklari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.