O'zbekistonda "aqlli" tuman yaratish boshlandi

Habib Rafiq Engineering turar-joy, ijtimoiy va tijorat ob'ektlarini, shuningdek, transport va muhandislik infratuzilmasini quradi

Pokistonning Habib Rafiq Engineering Pvt. Ltd qurilish kompaniyasi Xivada yangi shahar tumanini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Loyiha shahar hududini kengaytirish va «aqlli» shahar tamoyillaridan foydalangan holda infratuzilmani rivojlantirishni nazarda tutadi.

Qurilishni bosqichma-bosqich olib borish rejalashtirilgan. Yangi tuman hududida turar-joy majmualari, ijtimoiy va tijorat ob’ektlari, transport kommunikatsiyalari, muhandislik tarmoqlari, kommunal infratuzilma va boshqa zarur shahar ob’ektlarini qurish ko‘zda tutilgan. Loyihani amalga oshirishda kompaniya Pokistonda yirik shahar va infratuzilma ob’ektlarini qurish tajribasidan foydalanish niyatida.

Rasm manbasi: uzdaily // ИА «Дунё»

Loyiha Habib Rafiq Engineering kompaniyasining Xorazm viloyati hokimligi bilan O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi ko‘magida uzoq davom etgan muzokaralari natijasi bo‘ldi. Kompaniya vakillari qurilish maydonchalarini o‘rganish uchun mintaqaga bir necha bor tashrif buyurishgan. Avgust oyi oxirida Habib Rafiq Engineering va Xorazm viloyati hokimligi tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladilar.