9-oktabr kuni MrBeast ilk bor Oʻzbekistonga tashrif buyuradi va Toshkentda oʻz muxlislari bilan uchrashadi. Tadbirni amerikalik blogerni mamlakatga taklif qilgan Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etadi. Uchrashuvda ishtirok etish bepul, ammo joylar soni cheklangan.
Roʻyxatdan oʻtish 6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da ochildi va 8-oktabr soat 12:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilar tasodifiy tanlanadi. Arizani faqat bir marta topshirish mumkin, bunda daʼvogar voyaga yetgan boʻlishi va shaxsan Toshkentga kelishi kerak. Anketada ism, Oʻzbekiston telefon raqami va pasport maʼlumotlari yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat maʼlumotlari koʻrsatilishi shart.
Olingan joy aniq bir shaxsga biriktiriladi: uni boshqa ishtirokchiga berish, chiptani sotish yoki doʻstlar bilan birga kelish mumkin emas. Shu bilan birga, Toshkentga borish va yashash xarajatlarini MrBeast muxlislari oʻz zimmalariga olishlari kerak.