O'zbekistonda yangi gaz-kondensat koni ochildi

Qoratau Ustyurtning markaziy qismida quyi yura qatlamlaridan sanoat miqyosidagi gaz va kondensat olinganidan so'ng topildi

Geologiya-qidiruv ishlari davomida Ustyurt mintaqasining markaziy qismida yangi Qoratau gaz-kondensat koni topildi. Hudud Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan. Qidiruv dasturi doirasida mutaxassislar 4860 metr chuqurlikdagi birinchi quduqni burg‘ulashdi.

3-oktabr kuni quduqni 3273–3213 metr chuqurlikda sinovdan o‘tkazishda quyi yura qatlamlaridan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va kondensat oqimi qayd etildi. Olingan natijalar yangi konning ochilganligini tasdiqladi. Qoratau hududini keyingi o‘rganish ishlari 2026-yil oxirigacha davom etadi.

Rasm manbasi: uzdaily // АО «Узбекнефтегаз»

Rejalarda 2-sonli qidiruv qudug‘ini burg‘ulashni yakunlash va 3- va 4-sonli qidiruv-razvedka quduqlarida ishlarni boshlash ko‘zda tutilgan. “O‘zbekneftgaz”ning baholashicha, Qoratau tadqiqotlari natijalari Ustyurt mintaqasida chuqur uglevodorod konlariga ega istiqbolli uchastkalarni qidirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.