DataVolt rahbariyati O'zbekistondagi yangi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazining tayyorligini tekshirdi

Qurilish va montaj ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan

DataVolt va Vision Invest Group rahbarlari IT Park Uzbekistan hududida qurilayotgan ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga tashrif buyurishdi. Delegatsiya tarkibiga Vision Invest Group raisi va DataVolt direktorlar kengashi a'zosi Muhammad Abuneyyan, shuningdek, kompaniya bosh direktori Rajit Nanda kirdilar. Ularga O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Ayubxon Sultonov hamrohlik qildi.

Qurilish maydonchasida mehmonlarga muhandislik infratuzilmasi va hozirda o'rnatilayotgan uskunalar namoyish etildi. Xususan, elektr ta'minoti, konditsionerlash, havo aylanishi va serverlarni suv bilan sovutish tizimlari haqida so'z bordi. Uchrashuv ishtirokchilari 2026-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan qurilish, montaj va obodonlashtirish ishlarini ham muhokama qildilar.

Rasm manbasi: uzdaily // Минцифра

Mehnat muhofazasi hamda texnik va qurilish xavfsizligi normalariga rioya etishga alohida e'tibor qaratildi. Bosh pudratchi va boshqa tashkilotlar vakillari ishlar jadvalga muvofiq ketayotganini ma'lum qildilar. Asosiy vazifalar qatorida loyihani belgilangan muddatda yakunlash, qurilish sifatini va infratuzilmaning xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlash turadi.