Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansiga (IARA) qoʻshildi. Bundan tashqari, vazirlik Xitoyning Zhejiang Qingshanhu ilmiy-texnologik shahrini boshqarish qoʻmitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga Oʻzbekiston delegatsiyasining Xanchjouga tashrifi chogʻida erishildi.
Alyansda ishtirok etish yosh mutaxassislar va dasturchilarning robototexnika va ilgʻor texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak. Xitoy tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma innovatsion sohada qoʻshma faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston vakillari Xitoy investorlari bilan ham muzokaralar oʻtkazdilar. Tomonlar respublika iqtisodiyotiga sarmoya kiritish, istiqbolli startaplarni qoʻllab-quvvatlash va qoʻshma tashabbuslarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar. Yangi kelishuvlar startap-ekotizimini rivojlantirishga, yoshlar ishlanmalarini ilgari surishga va mamlakatning muhandislik salohiyatini mustahkamlashga yordam berishi kutilmoqda.