Beeline O‘zbekistondagi yangi data-markazga $40 mln sarmoya kiritdi

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi mamlakat raqamli infratuzilmasining ishonchliligini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida qurildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining Kogon tumanida barpo etilgan Beeline Uzbekistan’ning yangi data-markazi faoliyatiga start berdi. Loyihaga kiritilgan xususiy investitsiyalar hajmi $40 mln tashkil etdi. Obyekt Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, operatorning taqsimlangan zaxira infratuzilmasining bir qismiga aylanadi hamda millionlab foydalanuvchilar uchun raqamli xizmatlarning yanada barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Loyiha kelgusida yanada kengaytirish imkoniyatini ko‘zda tutadi, uning hujjatlari esa Uptime Institute’dan Tier III Certification of Design Documents xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi. U muhandislik yechimlarining ishonchlilik va nosozliklarga chidamlilik talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi. VEON ma’lumotlariga ko‘ra, guruh 20 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb $1,8 mlrd sarmoya kiritgan. Yana bir yirik sarmoya esa Perfectum operatorining $207 mln evaziga sotib olinishi bo‘ldi.

Rasm manbasi: uzdaily // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Beeline Uzbekistan rahbari Yevgeniy Nastradin kompaniya mamlakatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi. Toshkentdan tashqarida data-markaz qurilishi O‘zbekistonning texnologik quvvatlari geografiyasini kengaytiradi va "Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga to‘liq mos keladi. Kompaniya, shuningdek, yangi maydoncha raqamli xizmatlarni rivojlantirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishiga umid qilmoqda.