IT Park Uzbekistan va ESDigital Games xalqaro videoo‘yinlar nashriyotchisi o‘yin sanoatida ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuvda IT Park eksportni rivojlantirish boshqarmasi rahbari Azamat Raxmon-Zoda va ESDigital Games boshqaruvchi direktori Oleg Kudishov ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomoni vakillari mahalliy GameDev-sanoati rivoji, dasturchilarning kadrlar salohiyati hamda IT Park rezidenti maqomini olish shartlari haqida so‘zlab berdilar. ESDigital Games esa, o‘z navbatida, o‘yin bozoridagi 30 yildan ortiq ish tajribasini taqdim etdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekiston o‘yin studiyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning loyihalarini xorijda ilgari surish bo‘ldi. Shuningdek, videoo‘yinlar yaratish bo‘yicha mintaqaviy ekotizimni rivojlantirishga doir qo‘shma tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi. Aniq kelishuvlar, loyihalarni ishga tushirish muddatlari va investitsiyalar hajmi hozircha oshkor etilmayapti.