Pokistonning Mateen Group kompaniyasi O‘zbekistonda IT-kompaniya ochish niyatida

Kompaniya mahalliy bo‘linma tashkil etish va xorijiy bozorlarga IT-xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Pokistonning Mateen Group of Companies (MGC) kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish istiqbollarini o‘rganmoqda. Biznesni tashkil etish masalalarini kompaniya vakillari IT Park Uzbekistan rahbariyati bilan muhokama qildilar. Uchrashuvda MGC asoschisi va bosh direktori Muhammad Sohaib Matin, shuningdek, kompaniyaning biznes hamkorlik bo‘yicha vakili Ali Anvar Ali ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomoni potensial investorlarga IT Park rezidenti maqomini olish shartlarini, shuningdek, IT Visa, Business Card va Zero Risk dasturlarini taqdim etdi. Delegatsiyaga texnoparkning hududiy infratuzilmasi, mavjud ofis maydonlari va biznesni joylashtirish imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi. Bundan tashqari, MGC vakillariga mamlakat hududlarida bir nechta maydonchalar taklif qilindi.

Rasm manbasi: uzdaily // IT Park Uzbekistan

Muzokaralar yakunida Muhammad Sohaib Matin O‘zbekistonda kompaniya ochish va IT-xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Rejalarni amalga oshirish yaqin istiqbolga mo‘ljallangan, biroq biznesni yo‘lga qo‘yishning aniq muddatlari, investitsiyalar hajmi va bo‘lajak bo‘linmaning ixtisoslashuvi hozircha oshkor etilmayapti.