2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning yirik korxonalari 22,6 trln so‘mlik elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqardi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 11% ga oshdi, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi.
Eng yirik ishlab chiqarish markazi bo‘lib Toshkent qolmoqda, uning hissasiga 12 trln so‘m to‘g‘ri keldi. Ikkinchi o‘rinni 4,6 trln so‘m natija bilan Toshkent viloyati, uchinchi o‘rinni esa 1,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan Andijon viloyati egalladi. Namangan va Samarqand viloyatlarida ko‘rsatkichlar mos ravishda 1,3 trln va 1,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Boshqa hududlar orasida 967,5 mlrd so‘m ishlab chiqarish hajmi bilan Jizzax viloyati va 513,8 mlrd so‘m bilan Farg‘ona viloyati ajralib turadi. Navoiy viloyatida ko‘rsatkich 260,2 mlrd so‘mga, Xorazmda — 69,3 mlrdga, Sirdaryoda — 33,6 mlrd so‘mga yetdi. Eng kam hajmlar Qashqadaryo (9,8 mlrd), Buxoro (8,6 mlrd), Surxondaryo (6,1 mlrd) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda (2,3 mlrd so‘m) qayd etildi.