Uzbekistan Airways 2027-yil 5-apreldan boshlab Toshkent va Varshava o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Samolyotlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari parvoz qiladi. Yangi yo‘nalish uchun chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Yo‘nalish HY221 va HY222 raqamlarini oladi. Toshkentdan jo‘nab ketish soat 04:25 ga, Varshavaga yetib borish esa 08:05 ga rejalashtirilgan. Ortga qaytuvchi samolyot Polsha poytaxtidan 09:35 da havoga ko‘tarilib, Toshkentga 18:15 da qo‘nadi. Ushbu jadval jo‘nab ketish va yetib borish aeroportlarining mahalliy vaqti bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Xabar e’lon qilingan paytda eng arzon chipta narxi 4,715 mln so‘mni tashkil etmoqda. Safarni Uzbekistan Airways veb-saytida, aviakompaniyaning mobil ilovasida, uning kassalarida hamda rasmiy agentlar orqali rasmiylashtirish mumkin.