Toshkent va Astraxan oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻlovchi poyezdi yoʻlga qoʻyiladi

Poyezdlar haftada bir marta qatnaydi, birinchi reys 17-dekabrga rejalashtirilgan

2026-yil 17-dekabrdan boshlab Toshkent va Astraxan oʻrtasida yangi 149/150-sonli xalqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Tarkiblar haftada bir marta joʻnaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlum qildi. Toshkentdan ilk reys payshanba, 17-dekabrga rejalashtirilgan.

150-sonli poyezd Toshkent-Markaziy (Toshkent-Shimoliy) vokzalidan har payshanba soat 18:00 da joʻnab, shanba kunlari soat 19:00 da Astraxanga yetib boradi. 149-sonli ortga qaytish tarkibi Astraxandan har yakshanba soat 02:01 da joʻnaydi. Toshkentga yetib kelish seshanba kunlari soat 04:35 ga rejalashtirilgan.

Rasm manbasi: uzdaily // "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ

Shunday qilib, bir yoʻnalishdagi safar taxminan ikki sutka davom etadi, ortga qaytish yoʻnalishi esa biroz koʻproq vaqt oladi. Chiptalar savdosi har bir tarkib joʻnashidan 45 kun oldin ochiladi. Yangi yoʻnalish Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi temiryoʻl qatnovi imkoniyatlarini kengaytiradi hamda ikki shahar oʻrtasida sayohat qilish uchun qoʻshimcha variantni taʼminlaydi.