Toshkent simli internet sifatini yaxshilash sur'atlari bo'yicha beshta Osiyo poytaxti orasida uchinchi o'rinni egalladi. nPerf kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra, 2025-yil noyabridan 2026-yil oktyabrigacha bo'lgan davrda O'zbekiston poytaxtida tegishli ko'rsatkich 16% ga oshgan. Reyting internetga ulanishdan kundalik foydalanishdagi foydalanuvchi tajribasi sifatini hisobga oladi.
Birinchi o'rinni ko'rsatkichi 29% ga oshgan Kuala-Lumpur egalladi. Ikkinchi o'rinni 26% natija bilan Dakka oldi. Toshkent 16% lik o'sish bilan yaxshilanish 15% ni tashkil etgan Bangkokni hamda 3% lik ko'rsatkichga ega Singapurni ortda qoldirdi. Shu tariqa, taqdim etilgan barcha besh poytaxt o'tgan davrga nisbatan ijobiy dinamikani namoyish etdi.

nPerf tadqiqotida ikkita vaqt oralig'i baholandi: 2020-yil noyabridan 2021-yil oktyabrigacha hamda 2025-yil noyabridan 2026-yil oktyabrigacha. Foydalanuvchi tajribasining sifati veb-sahifalarning yuklanish tezligi va oqimli videoni ijro etish tezligini hisobga olgan holda aniqlandi. Ushbu ko'rsatkichlar foydalanuvchilar kundalik sharoitda internet bilan qanchalik qulay ishlay olishini baholash imkonini beradi.