Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi sun’iy intellekt va iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan Digital Global Campaign 2026 videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirladi. Marosim 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tanlovda O‘zbekistonning 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ishtirok etishi mumkin edi. Tadbir Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2026-yilda tashkil etilgan YouthFULL Tomorrow xalqaro raqamli kampaniyasi doirasida o‘tkazildi.
Ishtirokchilarga ikkita mavzudan biri bo‘yicha videorolik tayyorlash taklif etildi: “Yoshlar va sun’iy intellekt rivoji” yoki “Iqlim inqirozi va yoshlar harakatlari”. Taqdim etilgan ishlarni Koreya elchixonasi va sohaviy tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholadi. Tanlov natijalariga ko‘ra uch nafar g‘olib aniqlandi. Birinchi o‘rinni Xonzoda Abdurahmonova egalladi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar mukofot sifatida Galaxy Tab planshetlarini qo‘lga kiritdilar. Tanlov Janubiy Koreyaning yoshlarni global texnologik hamda ekologik muammolarni muhokama qilishga jalb etishga qaratilgan tashabbusining bir qismiga aylandi. Ishtirokchilarga qisqa videoroliklar orqali yangi avlodning sun’iy intellektni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi o‘rni haqidagi o‘z qarashlarini ko‘rsatish taklif etildi.