"Rostex" O'zbekistonga eng yangi NK-14ST gaz turbinali dvigatelini, Tu-214 va MS-21 samolyotlarini olib keladi

"Rostex" O'zbekistonga eng yangi NK-14ST gaz turbinali dvigatelini, Tu-214 va MS-21 samolyotlarini olib keladi

«Rostex» 28-30 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Unda davlat korporatsiyasi respublikada birinchi marta quvvati 8,5 MVt bo‘lgan NK-14ST gaz turbinali dvigatelini namoyish etadi.

NK-14ST
NK-14ST

Agregat gaz tashish uchun mo‘ljallangan, uni Birlashgan dvigatelsozlik korporatsiyasi (ODK) ishlab chiqqan. Dvigatel yuqori quvvatga ega va Rossiya gaz transport tizimlarini modernizatsiya qilish loyihalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda, bu esa ishonchlilik va yaxshi unumdorlikni namoyish etadi.

«Rostex»ning birlashgan stendida korporatsiyaning yetakchi holdinglari jami yigirmaga yaqin eksponatni taqdim etadi:

«Yuqori aniqlikdagi komplekslar» xalqaro auditoriyani ANT 1000 mini-yuklagich bilan tanishtiradi;

«Nacimbio» farmatsevtika mahsulotlarini, xususan, bakteriofag antibakterial preparatlarini, botulotoksin va immunoglobulinlarni namoyish etadi;

MPO «Metallist» birinchi marta xorijda mikroprotsessorli «Kometa» bionik tizza modulini taqdim etadi;

«Rostex» aviatsiya ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining eng zamonaviy fuqarolik samolyotlari va vertolyotlarining modellarini taqdim etadilar: Tu-214, MS-21 va «Superjet», shuningdek, «Ansat» yengil vertolyoti.

«Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasi 28-30 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yana materiallarni o‘qing:

Источники:
Rosteh